2017-yilning 21-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov olib borgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilangan topshiriqlar nuqtayi nazaridan TIV markaziy apparati va xorijdagi muassasalar faoliyati har tomonlama tahlil qilindi.
Uchrashuvda vazirlik apparati, O‘zbekistonning chet davlatlardagi elchixonalari, xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakolatxonalari, konsullik muassasalari ishiga tanqidiy baho berildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar va kengashlar) faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘grisida”gi qarorini ijro etish choralari belgilandi.
Majlis ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi