O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurib, u erdagi vaziyat bilan yaqindan tanishdi va xalq vakillari bilan muloqotda bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz sayti.
Davlat rahbari o‘z tashrifi davomida Xo‘jayli tumanidagi agrosanoat markazida bo‘ldi. Kompleks ishga tushishi bilan bu erda issiqxona, meva-sabzavotlarni saqlash, qayta ishlash majmualari, muzlatgichlar paydo bo‘lishi qayd etildi. 11 gektar hududni egallaydigan mazkur majmua Qoraqalpog‘iston ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.
Shu erning o‘zida Xo‘jayli tumanida turar-joy infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham muhokama etildi. Davlatimiz rahbari odamlar boshlangan o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 ko‘p qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.
Prezidentimiz shuningdek tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ham uchrashib, ular bilan yaqindan muloqotda bo‘ldi.
"Xo‘jayli Qoraqalpog‘istonda sanoati rivojlanayotgan eng katta tuman. Biroq shuncha tadbirkor turib, tumanda markaz yo‘q, maktablarni ham ko‘rdim, mehribonlik uyining ahvolini qaranglar. Sizlar tashabbusni qo‘lga olib ishlasangiz, bu narsalar bo‘ladi. Agar biz "bo‘laveradi" deb yashasak, men vaziyatni o‘zgartira olmayman.
Sizlar uyg‘onishingiz kerak, sizlar odamlarning ishsizligini hal qiladigan tashkilot va ishbilarmonsizlar, shaxsan mening umidim sizlar. Kecha-yu kunduz ishonib yashashingiz kerak. Buni orqaga qaytarish mumkin emas.
Bizning eng katta imkoniyatimiz - bag‘ri keng, mehnatkash xalqimiz bor. Ularga salgina sharoit yaratib bersangiz bas. Odamlarni dunyoqarashi o‘zgarishi kerak. Qachon o‘zgaradi? Manfaatdor bo‘lsa, daromad topsa, ishchi joyi bo‘lsa o‘zgaradi", - deya ta’kidladi davlatimiz rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi