11:04 / 22.01.2017
7 704

Erkin konvertasiya joriy etilishi va valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish bekor qilinishi mumkin

Erkin konvertasiya joriy etilishi va valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish bekor qilinishi mumkin

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi loyihasi joylandi. Norma'ga asoslanib Daryo yozishicha, u valyuta, qimmatbaho metall va toshlar bozorini liberallashtirishni ko‘zda tutadi.

Xususan, 2017 yilda valyutani tartibga solishning, milliy valyutaning erkin konvertasiya qilinishini ta’minlovchi milliy valyuta qiymatini shakllantirishning ilg‘or bozor mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Shuningdek, har qanday manipulyasiyalarning oldini oladigan mexanizmlarni joriy etgan holda xorijiy valyutaning birjada erkin muomalada bo‘lishini ta’minlash rejalashtirilgan.

Davlat mulkchilik shaklidan qat’i nazar, eksport qiluvchilarni valyuta tushumining qismini majburiy sotishni bekor qilishni ko‘zda tutmoqda, xom ashyo tovarlari (paxta tolasi, tabiiy gaz, metallar va boshqalar) eksporti bundan mustasno.

Respublika hududida O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari uchun barcha mahsulotlar va xizmatlarning narxlarini xorijiy valyutada belgilash amaliyoti bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Shuningdek, qimmatbaho metallar va toshlar importini lisenziyalashni bekor qilish, mahalliy oltindan tayyorlangan zargarlik buyumlari eksporti uchun belgilangan normani (95 foiz) pasaytirish, shuningdek, ushbu sohadagi eksport proseduralari va ichki aylanmani sezilarli darajada soddalashtirish rejalashtirilmoqda.

Nashr eslatishicha, loyihaga o‘zgartirish kiritilishi, qo‘shimcha qo‘shilishi yoki u rad etilishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Erkin konvertasiya joriy etilishi va valyuta tushumining bir qismini majburiy sotish bekor qilinishi mumkin