O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining kassasiya instansiyasi Family suv ishlab chiqaruvchisiga Nestlé tovar belgilariga o‘xshash bo‘lgan grafik elementlardan foydalanishni to‘xtatish majburiyatini yukladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, «Nestle» kompaniyasi o‘zining intellektual mulkka bo‘lgan huquqini himoya qilish maqsadida 2016 yilning 26 aprel kuni Toshkent shahri xo‘jalik sudiga Family brendi ostida suv ishlab chiqaruvchi Family Group QK kompaniyasi ustidan ariza yubordi.
Toshkent shahri xo‘jalik sudi 2016 yilning 24 may kuni «Nestle» kompaniyasi arizasini qanoatlantirdi. Family Group esa sud qaroriga qo‘shilmay, birinchi instansiya sudi qarorini bekor qilish to‘g‘risida kassasiya shikoyatini yubordi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi kassasiya instansiyasining 2017 yil 9 yanvardagi qarori bilan Toshkent shahri xo‘jalik sudining 2016 yil 24 maydagi qarori o‘zgartirishsiz qoldirildi hamda Family Group QKning kassasiya shikoyati qanoatlantirilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”