Badiiy asar asosida 1999 yilning fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan voqealar yotadi. O‘shanda vahobiy-terrorchilar O‘zbekiston prezidenti, hukumatiga va huquqni saqlash organlariga qarshi tajovuz qilishgan edi.
Bugun Toshkentda yozuvchi Akbar Mirzoning “Suiqasd” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Yangi kitob O‘zbekiston Birinchi prezidenti tug‘ilgan kuni arafasida taqdim qilinmoqda. Kitobda Islom Karimov og‘ir sinovdan mardonavor o‘tgan davlat rahbari sifatida tasvirlangan. Shuningdek, jinoyatchilarni fosh qilishda ishtirok etgan huquqni saqlash organlarining tezkor va aniq harakatlari haqida ham hikoya qilingan.
“Bu asar yosh va istiqbolli yozuvchi Akbar Mirzoning oldin chop etilgan, Namangan va Andijon voqealari aks ettirilgan, "Ayozi cho‘zilgan bahor" va "Ajal bilan yuzma-yuz" kitoblarining davomi bo‘lib, u mustaqil O‘zbekiston bosib o‘tgan murakkab yo‘lni tasvirlaydi. Asarda O‘zbekiston Birinchi prezidenti faoliyati haqida badiiy naqlda hikoya qilib berilgan”, — deb izoh berdi O‘zbekiston yozuvchilar ittifoqi a’zosi Habib Temirov.
Eslatib o‘tamiz, 1999 yilning 16 fevralida vahobiy-terrorchilari Toshkentning 6 joyida portlashlar uyushtirgan edi. O‘shanda O‘zbekiston rahbariyati, muhim davlat boshqaruv organlari terrorchilar nishoniga aylangan edi.
Terrorchilar Vazirlar Mahkamasi binosining “V“ shaklidagi ustuni oldida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatib yuborishadi. Aynan shu vaqtda Vazirlar mahkamasining kengashi o‘tkazilishi va unda prezident ham ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘ladi.
O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabrida, 78 yoshida vafot etdi. 30 yanvar Islom Karimov tug‘ilgan kuni. Ayni damda O‘zbekistonning barcha hududlarida ushbu kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi