Joriy yilning 26 yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining hududiy partiya tashkilotlari, mahalliy kengashlardagi partiya deputatlik guruhlari ishtirokida hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda partiya tomonidan o‘tgan bir yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-tahliliy jihatdan sarhisob qilinib, galdagi aniq va maqsadli vazifalar belgilab olindi.
Ta’kidlanganidek, bugungi tub islohotlar O‘zbekiston taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan partiya va uning quyi bo‘g‘inlari oldiga siyosiy jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanish, o‘z elektorati manfaati va xohish-istaklarini qonuniy ifoda etishga ko‘maklashish, aholining siyosiy madaniyatini oshirish, demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, mamlakatda o‘rta sinf vakillarini ishonchli himoya qilish orqali farovonlikni yanada yuksaltirish vazifasini qo‘ymoqda.
Partiya o‘tgan 2016 yilda faoliyatini ana shunday talablar asosida tashkil etib, bor kuch va imkoniyatlarini Saylovoldi dasturi vazifalarini amalga oshirishga, shu jumladan, jamiyatni liberallashtirish va demokratlashtirish, tinchlikni ta’minlash, mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirish va partiya elektoratining huquq va manfaatlarini ta’minlash sohasida samarali ishlarni amalga oshirdi.
Hisobot davrida O‘zLiDeP o‘z oldiga faoliyatining asosiy yo‘nalishi sifatida partiyaning mamlakatning rivojlantirish borasidagi faoliyatini yanada chuqurlashtirish, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini mustaxkamlash, deputatlik guruhlarga berilgan vakolatlardan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalarni amalga oshirishda unumli foydalanildi. Ayniqsa, o‘z elektorati bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlar, fermerlik harakati va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillarining intilishlarini ifoda etish, tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun partiyaning barcha bo‘g‘inlari faoliyatini muttasil yaxshilab borishga alohida e’tibor qaratmoqda.
Mazkur jarayonda davlatimiz rahbarining o‘tgan yili partiyamizning VIII S’ezdidagi ma’ruzasi, qolaversa O‘zLiDePning Saylovoldi dasturida belgilangan vazifalar dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Shu bilan bir qatorda, O‘zLiDeP tuzilmalari va deputatlik birlashmalari oldiga amaldagi qonunchilik, davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, hukumat qarorlari, hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini nazorat va tahlil qilish, joylardagi mavjud muammolarni o‘rganish uchun deputatlik eshituvlarini tashkil etish hamda ularni partiya vositalari orqali o‘z vaqtida hal qilish kabi ustuvor vazifalar qo‘yilgan.
Jumladan, hisobot davrida deputatlik guruhlari tomonidan hududlarda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yoshlarni ish bilan bandligini ta’minlash, aholining turmush tarzini yanada oshirish masalalari, shuningdek, hududlar iqtisodiyotga hal qiluvchi kuchga aylangan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda fermerlikni rivojlantirish masalalalariga doir 953 ta deputatlik nazorat-tahlil faoliyati tashkil etildi, ijro hokimiyati idoralari rahbarlarining 2 ming 971 ta eshituvlari o‘tkazildi, 5 ming 100 ta deputatlik so‘rovlari bilan murojaat qilingan, Xalq deputatlari Kengashlariga kiritilgan 1 ming 682 ta takliflarning 1 ming 185 tasi Kengashlarda muhokama etilib tegishli qarorlar qabul qilingan. Shuningdek, o‘tgan yil davomida tadbirkor va fermerlar tomonidan deputatlik guruhlariga 3 ming 625 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib ularning aksariyati ijobiy hal etilgan.
Bugun davr shiddat bilan rivojlanmoqda. Ushbu jarayonda inson manfaatlari, huquqlari va erkinliklarini ta’minlash muhim masalalardan biridir. Bu esa Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari oldiga qonunlar va jumladan bevosita partiya elektorati manfaatlarini ifoda etadigan qonunlar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini olib borishni taqozo etadi.
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz Konstitusiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida partiya deputatlik guruhlari oldida ham ulkan ustuvor vazifalar belgilab berilganligi muhim ahamiyat ega.
Yig‘ilishda hisobot davrida partiya hududiy kengashlari va deputatlik birlashmalari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va foydalanilmay qolgan imkoniyatlar qattiq tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi. Ayrim hududiy partiya tashkilotlari va partiya deputatlik guruhlari O‘zLiDeP saylovoldi Platformasini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilish, deputatlik nazoratining eng muhim va samarali shakli bo‘lgan nazorat-tahlil, eshituv hamda deputatlik so‘rovlari mehanizmlaridan samarali foydalana olmayotganligi aytib o‘tildi. Bu borada tegishli tavsiyalar ishlab chiqilib, aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Majlisda partiya harakat dasturida belgilab berilgan bozor islohotlarini chuqurlashtirish, xususiy mulk ustuvorligini va himoyasini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki darajasini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish, unda xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, qishloqda real mulkdorlar sinfini shakllantirish, biznes muhitini yaxshilash, mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini oshirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda olib borilgan ishlar, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga alohida e’tibor qaratib o‘tildi.
Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni aniqlash, ularning tub sabablariga etib borish, chuqur tahlil qilish, hal etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish borasida ishlar tizimli asosda olib borilmaganligi tanqidiy muhokama qilindi.
Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilingan 2017 yilda aholi bilan muloqot qilishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish, real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan uzilib qolayotgan tashkilot va idoralar hamda ularning rahbarlari faoliyatiga tanqidiy baho berish, deputatlik vakolatlari doirasida eshituvlar, nazorat-tahlil faoliyatini tashkil etib borish, partiya elektorati bo‘lgan tadbirkor va fermerlar oldida turgan bir qator muammolar, to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etishda kuchli deputatlik nazoratini olib borish, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikning turli yo‘nalishlariga jalb qilish borasida ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan partiyaning tegishli qarori qabul qilindi.
O‘zLiDeP Matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi