Toshkent shahrida birinchi yarim yillik yakuniga qadar marshrutkalar uchun yo‘l haqi sifatida jetonlar joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi Otabek Sodiqov bugun, 25 yanvar kuni Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkazilgan Matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Xabaringiz bor, 2013 yil 1 martdan Toshkent shahrida avtobuslar uchun yo‘l haqi sifatida jetonlar joriy etilgandi. Ayni vaqtda bunday jetonlar aholi o‘rtasida keng foydalaniladi. Jetonlarni maxsus punktlar orqali plastik kartochkaga ham sotib olish mumkinligi aholi uchun yanada qulaylik yaratmoqda. Endilikda bu amaliyot marshrutkalarda ham sinab ko‘rilishi mo‘ljallanmoqda.
“Biz iloji boricha naqd pulsiz yo‘l kira to‘lash amaliyotini joriy etmoqdamiz. Buning uchun shaharda 91 ta jeton sotiladigan maxsus punktlar tashkil etildi. Endi esa shunday jetonlarni marshrutkalar uchun ham joriy etishni mo‘ljallayapmiz. Shuni ta’kidlash kerakki, marshrutkalar uchun yo‘l haqi turlicha. Shu sabab ham biz ming, 1,5 ming va 2 ming so‘mlik jetonlarni joriy etmoqchimiz”, deydi Otabek Sodiqov.
Yo‘l haqi va jetonlar qiymati o‘rtasidagi farqni naqd pul orqali yo‘lovchi va haydovchi o‘zaro kelishgan holda amalga oshirishi mumkin. Jetonlar “Toshshahartransxizmat” tizimidagi barcha marshrutkalar uchun amal qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi