Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasini borib ko‘rdi. Har bir murojaatni nazoratga olish va hal etish, fuqarolar uchun qulayliklarni yanada oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi, deb xabar beradi "Diydoraziz".
Prezidentimiz Urganch shahrida tashkil etiladigan sanoat korxonalari loyihalari bilan tanishdi.
“Mem gilan” xorijiy korxonasida infuzion qorishmalar, ampulalar, tabletka va kapsulalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda. Umumiy qiymati 29 milliard so‘mlik ushbu loyiha natijasida 200 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Hududda bunday farmasevtika korxonasi yo‘qligi bois yangi quvvat dori vositalari narxini arzonlashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, yiliga 3,8 million dollarlik mahsulotni eksport qilish rejalashtirilgan.
“Urganch maxsus trans” mas’uliyati cheklangan jamiyati Milliy bank ko‘magida maishiy chiqindini qayta ishlash loyihasiga kirishgan. Korxonada Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 250 ming tonna chiqindini yig‘ish, saralash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu shahar ozodaligi, aholi salomatligini saqlash va bandlikni oshirishda muhim omil bo‘ladi.
“Urg-teks” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan yana bir loyiha ip-kalava ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Korxona Germaniya va Turkiya uskunalari asosida yiliga 4 ming tonna mahsulot tayyorlash, 200 ish o‘rni yaratish imkonini beradi. Har yili 6,5 million dollarlik tovar eksport qilish mo‘ljallanmoqda.
Davlatimiz rahbari bunday korxonalarni mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham tashkil etish zarurligini ta’kidladi. Dorixonalar rahbarlari va vakillari bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev xorazmliklar bilan saylovoldi uchrashuvida 2017 yilda O‘zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov tavalludining 100 yilligini keng nishonlash, mashhur hofiz nomi bilan ataladigan zamonaviy ijod markazi va uning tarkibida go‘zal bog‘ tashkil etishni taklif qilgan edi.
Prezidentimiz mazkur ijod markazi qurilish uchastkasini borib ko‘rdi. Bu erda Komiljon Otaniyozov haykalini barpo etish, iste’dodli yoshlarning adabiyot va san’at, kino, fotografiya sirlarini o‘rganishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Urganch shahridagi 11-bolalar musiqa va san’at maktabida mehnat faxriylari, san’at va adabiyot namoyandalari bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish, odamlarning dunyoqarashi va ma’naviyatini yuksaltirish, aholi turmush darajasini yanada oshirish haqida so‘z bordi.
Uchrashuv qatnashchilari madaniyat va san’atni rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Shuning bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi nihoyasiga etdi.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”