20:33 / 31.01.2017
7 627

Toshkentda 180 mingdan ortiq pirotexnika vositasi yo‘q qilindi

Toshkentda 180 mingdan ortiq pirotexnika vositasi yo‘q qilindi

Toshkent shahriga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan va poytaxt ichki ishlar, soliq, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan musodara qilingan 180 ming 880 dona turli xildagi pirotexnika vositasi maxsus komissiya ishtirokida yo‘q qilindi. Bu haqda "O‘zA"ga tayanib "Kun.uz" xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Toshkent shahrida bozorlar, savdo markazlari, ko‘ngilochar maskanlar, o‘quv muassasalari singari jamoat joylarida pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha 4 300 ga yaqin tekshirish va profilaktik ko‘rik o‘tkazilgan.

2016 yil 13 dekabr kuni Mirobod dehqon bozorining Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi Farg‘ona shoxobchasida 10 ming donadan ziyod pirotexnika vositasi o‘z «xaridorlari» qo‘liga etib borishining oldi olingan.

Qo‘shimcha qilishlaricha, 20 dekabr kuni Yunusobod tumanida o‘tkazilgan shunday tadbirda hududda istiqomat qiladigan fuqarolardan birining yonidan 12 ming 400 dona pirotexnika vositasi daliliy ashyo sifatida olingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 180 mingdan ortiq pirotexnika vositasi yo‘q qilindi