
2016 yilda lisenziyasiz yo‘lovchi tashigan avtotransport egalari jami 26,6 mlrd so‘m miqdorida jarimaga tortildi, deb xabar qiladi Sof.uz sayti.
Moliyaviy jarimalar soliq organlariga topshirilgan 21721 dona bayonnomalar asosida qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, lisenziyasiz yo‘lovchi tashiganlik uchun jismoniy shaxslarga eng kam ish haqining 20 dan 100, yuridik shaxslar uchun esa 50 dan 150 barobarigacha jarima solinadi. Agar bu holat qayta takrorlansa, jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, markaziy apparat va hududiy bo‘limlar tomonidan lisenziya talab va shartlarini buzganligi uchun 374 ta korxonalarga tegishli 487 ta lisenziyaning amal qilish muddati 10 ish kuniga to‘xtatilgan. Shu bilan birga, sud qarorlariga asosan 128 ta tashkilotning 150 ta lisenziyasi 10 ish kundan ortiq muddatga to‘xtatilgan va 21 ta korxonaning 23 ta lisenziyasi tugatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar