O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni chuqur tahlil qilib, ularni bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, rahbarlar mas’uliyati va shaxsiy javobgarligi xususida atroflicha to‘xtaldi, deb xabar berdi Kun nashri.
“O‘tgan yillarda aholini tibbiy xizmat bilan qamrab olish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Joylarda qishloq vrachlik punktlari bunyod etildi, zamonaviy asbob-uskunalar bilan ta’minlandi. Lekin odamlar quruq binoga bormaydi, mutaxassisga boradi. Shu bois qishloq vrachlik punktlari va poliklinikalarda eng yaxshi mutaxassislar ishlashi kerak. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, respublika va viloyat shifoxonalaridagi malakali vrachlar jadval asosida qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda qabullar o‘tkazishi lozim”, dedi Prezidentimiz. Shunda xalqimiz tibbiy xizmatdan rozi bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi