15:24 / 09.02.2017
7 342

10 fevral O‘zbekistonda 10 darajagacha iliq ob-havo kuzatiladi

10 fevral O‘zbekistonda 10 darajagacha iliq ob-havo kuzatiladi

Toshkent shahri. 10 fevral kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 5-7 daraja iliq bo‘ladi, deb yozmoqda Kun nashri.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, Ustyurtda 15-20, Xorazm viloyatida 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 10 fevral O‘zbekistonda 10 darajagacha iliq ob-havo kuzatiladi