23:20 / 10.02.2017
8 074

Botir Qodirov qarovsiz bino o‘rnida «REYHAN TEXTILE» nomli yangi fabrika ochadi

Botir Qodirov qarovsiz bino o‘rnida «REYHAN TEXTILE» nomli yangi fabrika ochadi

Andijon viloyati, Bo‘z tumanidagi sobiq Bolalar sihatgohi binosi 2015 yilda “Elga xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga “nol” qiymatida berilgandi. Amaldagi qonunchilik asosida 2016 yil dekabr oyida nurab borayotgan ushbu bino izlanuvchan tadbirkor Botirjon Qodirovga berildi. Uning rahbarligidagi “Sayyora favvorasi” MChJ tomonidan taklif etilgan sanoatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi fabrika loyihasi mutaxassislar tomonidan ma’qullandi, deya xabar berdi "telegraf.uz" sayti.

Ayni kunlarda “Abror fayz” qurilish korxonasi ishchilari jadal ish olib bormoqda. Foydalanilmay turgan 8 ming 600 kv. metr maydonda metalkonstruksiya usulida zamonaviy bino qad rostlamoqda. Juda qisqa vaqtda qurilish maydoni to‘la tekislandi, dastlabki betonlash ishlari amalga oshirildi. Ma’muriyat binosi qurilishi va atrofni beton devorlar bilan o‘rash ishlari ham qizg‘in. Buning uchun MChJ tomonidan 10 milliard so‘m mablag‘ sarflanmoqda.

O‘tgan haftada konstruksiya qurilishi boshlandi. Binoning tom qismi va atrofi sendvich paneli bilan o‘raladi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu ishning tezligini oshirish bilan birga jahon tajribasida sinalgan ishonchli usul.

Ha, ayni vaqtda ulkan qurilish maydoniga aylangan bu joyda Mustaqilligimizning 26 yilligi bayrami arafasida zamonaviy fabrika o‘z faoliyatini boshlaydi. Shveysariyaning Ritr kompaniyasi bilan 10 million dollarlik dastgohlar keltirish yuzasidan shartonma imzolangan.

Korxona to‘la quvvat bilan ishlay boshlagach, 5.5 tonna paxta tolasini qayta ishlash imkoniyati yaratiladi. Ichki bozordan tashqari yiliga 12 million dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Kelgusida shu erning o‘zida tayyor mahsulotlar yaratish ham rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Botir Qodirov qarovsiz bino o‘rnida «REYHAN TEXTILE» nomli yangi fabrika ochadi