11:01 / 13.05.2015
7 787

O‘zbekistonda 65 turdagi hisobotlar bekor qilindi

O‘zbekistonda 65 turdagi hisobotlar bekor qilindi

O‘zbekistonda 65 turdagi, jumladan, davlat statistika, moliyaviy va soliq hisobotlari bekor qilindi. 23 turdagi statistik va 12 turdagi soliq hisobotlarining birlashtirilishi hisobiga ularning soni kamaytirildi, ularni taqdim qilish muddati esa uzaytirildi. Endilikda mikrofirmalar davlat statistikasi bo‘yicha hisobotlarni avvalgidek bir yilda 4 marta emas, balki bir marta, fermer xo‘jaliklari esa 5 marta o‘rniga 3 marta hisobot topshiradilar, deb yozadi Kun.uz.

O‘zbekiston Prezidentining “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, lisenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, 12 turdagi hisobotga o‘zgartirishlar kiritildi. Har oy taqdim qilinadigan 7 turdagi hisobot endilikda har chorakda, choraklik hisobotlar esa yil oxirida taqdim qilinadi.

Mavsumiy hisobotlar mavsum boshida va oxirida taqdim qilinishi kerak. Bundan tashqari, joriy yildan boshlab tadbirkorlar barcha turdagi hisobotlarni faqatgina elektron ko‘rinishda taqdim qilishlari kerak.

Agar avvallari endi ish boshlayotgan tadbirkorlar statistika muassasalariga murojaat qilganlarida javobni 8 soat davomida kutgan bo‘lsalar, endilikda buning uchun ularga 4 soat vaqt talab etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 65 turdagi hisobotlar bekor qilindi