
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aprel oyining dastlabki o‘nkunligida Rossiyaga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu haqda RIA Novosti agentligiga tayanib Kun yozmoqda.
«O‘zbekiston prezidentining Moskvaga tashrifi aprel oyining birinchi dekadasiga mo‘ljallanmoqda. Taxminan bu tashrif 5 aprel kuni amalga oshiriladi, ammo bu ma’lumot hali rasman tasdiqlanmadi», — degan manba.
Uning qayd etishicha, hukumatlararo komissiya majlisi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tadi va unda Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari ko‘riladi.
Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishdan tashqari, Davlat dumasi vakillari bilan ham uchrashadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning birinchi yarmida Nursulton Nazarboyevning taklifi bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga safar qilishi ham rejalashtirilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar