date

Yangi yil bayramlarida poliklinika va shifoxonalar qanday ishlaydi

Yangi yil bayramlarida poliklinika va shifoxonalar qanday ishlaydi

Yangi yil bayram kunlarida Oʻzbekistondagi barcha tibbiyot muassasalari sutkalik ish tartibiga oʻtadi. Aholiga tibbiy yordam navbatchi mutaxassislar tomonidan koʻrsatiladi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, ushbu kunlarda barcha darajadagi shifoxonalarda, jumladan ixtisoslashtirilgan markazlar, klinikalar hamda tumanlararo travmatologiya va kardiologiya birlashmalarida qariyb 20 ming nafar tibbiyot xodimi navbatchilik qiladi. Vazirlik huzurida maxsus muvofiqlashtiruvchi shtab ham tashkil etilgan.

Davolash muassasalarida qoʻshimcha yotqizish oʻrinlari tayyorlangan, zarur dori-darmon zaxiralari shakllantirilgan. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta hududiy filiali va qariyb 200 ta aholi punktidagi shoshilinch yordam bo‘limlari ham kecha-kunduz ishlaydi.

Mamlakat bo‘ylab shoshilinch tibbiy yordam xizmatining 2 860 dan ortiq brigadasi to‘liq shay holatda bo‘ladi. 231 ta tug‘ruqxona hamda 233 ta bolalar tibbiyot muassasasi ham ishini uzluksiz davom ettiradi.

Sog‘liq bilan bog‘liq masalalarda fuqarolar vazirlikning 1003 qisqa raqamli ishonch telefoniga sutka davomida murojaat qilishi mumkin.

Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari Yangi yil munosabati bilan ketma-ket besh kun dam oladi. Barcha xodimlar uchun 31 dekabr, chorshanba va 2 yanvar, juma qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan. Olti kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun 3 yanvar, shanba ham ishlanmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Yangi yil bayramlarida poliklinika va shifoxonalar qanday ishlaydi