Bayram rejimi Yangi yil tunida Toshkent avtobuslari tungi 01:00 gacha qatnaydi

31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent shahridagi avtobuslar odatdagidan uzoqroq ishlaydi — qatnovlar tungi 01:00 gacha davom etadi. Bu bayram tadbirlaridan qaytayotgan aholi va mehmonlarga uyiga bemalol yetib olish imkonini beradi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Bayramning qolgan kunlarida esa shahar avtobuslari alohida jadval asosida harakatlanadi. Transport boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, 1–4 yanvar kunlari barcha yo‘nalishlar yakshanba kunlari uchun belgilangan jadval bo‘yicha ishlaydi — reyslar soni kamayadi, harakat oralig‘i uzayadi.
5 yanvar, dushanbadan boshlab avtobuslar ish kunlari uchun odatiy jadvalga qaytadi. Avvalroq bayram kunlarida metropoliten ish tartibida ham o‘zgarishlar bo‘lishi haqida xabar berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing