date

O'zbekistonda Telegramdagi porno kanallar soni oshmoqda

O'zbekistonda Telegramdagi porno kanallar soni oshmoqda

Bir necha yil avval Toshkentda Telegram orqali pornografik materiallar tarqalishi ortidan jiddiy mojaro yuzaga kelgandi. Ayrim shaxslar qo'lga olinganiga qaramay, muammo to'liq bartaraf etilmadi: messenjerda hanuz shunday kontent tarqatuvchi guruh va kanallar uchrab turibdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

UPL muxbiri mazkur kanallar qanday ishlashini o'rgandi, shuningdek Qozog'istondagi o'xshash Telegram kanallari faoliyatini ham tahlil qildi.

Kuzatuvlarga ko'ra, pornokontent asosan alohida “VIP-guruhlar”da tarqatiladi va ularga kirish pullik. Tashkilotchilar to'lov uchun rekvizitlarni ochiq qoldiradi, bu esa ko'pincha “drop” hisoblar bo'lishi mumkin. Obunachilarni qiziqtirib turish uchun ular ba'zan yana bir alohida kanalda kontentning bir qismini bepul ulashib, keyin pullik guruhga yo'naltiradi.

Manbaga ko'ra, barchasi anonim ishlaydi va ularni aniqlash deyarli mushkul. Eng achinarlisi, taqiqlangan materiallarning bir qismi aynan foydalanuvchilarning o'zi tomonidan yuboriladi.

Qozog'istonda ham xuddi shu tizim qo'llanadi va u yerda bu holat ancha oldinroq paydo bo'lgani aytiladi. Shu sabab, ayrim taxminlarga ko'ra, mahalliy kanallar ham qo'shnilar qo'llayotgan uslubdan nusxa olgan bo'lishi mumkin. Hatto ayrim tarmoqlarda boshqa davlatlar, jumladan Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekiston uchun alohida bo'limlar borligi qayd etiladi. Muloqotni skrinshot qilish imkoniyati ko'pincha o'chirib qo'yiladi, yozishmalar esa tezda yo'q qilinadi. To'lov masalasida esa ko'p holatda kriptovalyuta so'raladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekistonda pornografik kontentni tarqatish qonun bilan jazolanadi. Agar Telegramda shunday kanal yoki guruhlarga duch kelsangiz, ulardan shikoyat qilish tavsiya etiladi — murojaatlar ularni bloklashga yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonda Telegramdagi porno kanallar soni oshmoqda