22:27 / 16.02.2017
9 460

Milliy xavfsizlik xizmati Sud departamenti xodimini 5 ming dollar pora bilan ushladi

Milliy xavfsizlik xizmati Sud departamenti xodimini 5 ming dollar pora bilan ushladi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti xodimlari bilan hamkorlikda pul evaziga sud organiga ishga joylashtirishni va’da bergan tovlamachini qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston xabar bermoqda.

Toshkent shahri Olmazor tumani sud ijrochilari bo‘limining jamoatchi yordamchisi Murodjon Miranvarov fuqarolardan birini shu bo‘limga sud ijrochiligiga ishga joylashtirishda yordam berishini aytib undan 5 ming dollar so‘ragan.

"Murodjon Miranvarov so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tovlamachi dastlabki tergovda aybiga iqror bo‘lmadi. Biroq rad qilib bo‘lmaydigan dalillar ko‘rsatilganidan so‘ng u aybiga to‘liq iqror bo‘ldi", — dedi Milliy xavfsizlik xizmati vakili.

Unga nisbatan Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov doirasida Miranvarovning sheriklarini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Milliy xavfsizlik xizmati Sud departamenti xodimini 5 ming dollar pora bilan ushladi