06:00 / 17.02.2017
11 217

Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi

Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 15 fevral kungi farmoni asosida Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi. Kun nashri yozishicha, farmon asosida Madaniyat vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligi 2004 yilning sentyabridan buyon Madaniyat ishlari vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi negizida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Madaniyat vazirligi markaziy apparati tuzilmasida vazir, birinchi o‘rinbosar va vazir o‘rinbosarlari bo‘ladi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi markaziy tuzilmasi esa rais, birinchi o‘rinbosar va rais o‘rinbosarlaridan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi direktori rais o‘rinbosarlaridan biri hisoblanadi.

Madaniyat va sport ishlari vazirligiga 2015 yilning yozida Ahmedov Bahodir Majidovich rahbar etib tayinlangandi. Endi uning yangi tashkil etilgan vazirlikda qolish-qolmasligi bo‘yicha hozircha ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Madaniyat va sport ishlari vazirligi ikkiga ajratildi