07:13 / 18.02.2017
6 911

Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarga 4tadan Damas avtomobillari beriladi

Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarga 4tadan Damas avtomobillari beriladi

Toshkent shahridagi har bir oilaviy poliklinikaga 4 donadan Damas rusumli avtomashinalar ajratiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligida o‘tkazilgan, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan brifing vaqtida shahar ayollar qo‘mitasi rahbari, hokim o‘rinbosari Farida Abdurahimova ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun nashri.

Brifing shahar hokimi Rahmonbek Usmonovning «Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish, tibbiyot muassasalari faoliyatini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish hamda uning samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga bag‘ishlangan.

«Gazeta.uz» ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston poytaxtida 60ta oilaviy klinika mavjud. Yaqin vaqtlar ichida bu klinikalarga hokimiyat tomonidan 2tadan avtomashina beriladi, yana ikkitasi esa yil oxiriga qadar etkaziladi.

«Bu avtomobillar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini sezilarli darajada yaxshilaydi, shifokorlar kunning istalgan vaqtida chaqiruv bo‘yicha bemorning xonadoniga bora olishadi», — deya qayd etgan Abdurahimova.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini keskin tanqid qilgandi. Bunga javoban Sog‘liqni saqlash vaziri muammolarni hal qilish uchun chora-tadbirlar ko‘rilishini bildirgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi oilaviy poliklinikalarga 4tadan Damas avtomobillari beriladi