O'zbekistonda taqiqlangan joylarda cho'milgani uchun jarima joriy etilishi mumkin

O'zbekistonda ruxsat etilmagan hududlarda cho'milish uchun ma'muriy jarimalar belgilash rejalashtirilmoqda. Suvda xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi hozir muhokama bosqichida. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Loyihaga ko'ra, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks yangi 204-2-modda bilan to'ldiriladi. U suv obyektlarida xavfsizlik qoidalarini buzish, jumladan taqiqlovchi belgilar o'rnatilgan joylarda cho'milish holatlarini ham qamrab oladi.
Hujjatda birinchi bor qoidabuzarlik uchun fuqarolarga 1 bazaviy hisoblash miqdori — 412 ming so'm jarima qo'llash taklif qilinmoqda. Takroran qoidabuzarlik sodir etilsa, jarima 3 BHM — 1,236 million so'mgacha oshadi. Suv obyektlarida xavfsizlik uchun mas'ul mansabdor shaxslar uchun esa jarima 5 BHM — 2,06 million so'mgacha yetishi mumkin.
Qonun loyihasi suv havzalarida baxtsiz hodisalar va halokatlar ko'payib borayotgani fonida ishlab chiqilgan. Mutaxassislar buni davlat nazoratining yetarli emasligi hamda javobgarlik mexanizmlarining sustligi bilan izohlamoqda. Yangi choralar idoralar nazoratini kuchaytirish, shuningdek xavfli hududlarda dam oluvchilarning shaxsiy mas'uliyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Avvalroq Chirchiq daryosida to'pni olib chiqmoqchi bo'lgan o'smir cho'kib ketgani haqida xabar berilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!