06:39 / 22.02.2017
5 723

Toshkentda 5000−6000 dona to‘lov terminallari etishmasligi ma’lum qilindi

Toshkentda 5000−6000 dona to‘lov terminallari etishmasligi ma’lum qilindi

Toshkent Davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish ob’ektlari inventarizasiyadan o‘tkazilgan to‘rt kun ichida 1700 ga yaqin terminallar etishmasligi aniqlandi. Bu haqda poytaxt hokimiyatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida DSB boshlig‘i Muzaffar Pardaev ma’lum qildi, deb yozmoqda Gazeta.uz sayti.

O‘n kunlik inventarizasiya O‘zbekiston Prezidentining yaqinda qabul qilingan pul bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashtirish va plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilmoqda.

«Bugun — inventarizasiyaning to‘rtinchi kuni. O‘ylaymanki, tekshiruvlar so‘ngiga qadar eng kamida 5000−6000 terminal etishmasligi aniqlanadi», — dedi boshqarma boshlig‘i.

Muzaffar Pardaev to‘lov shakliga qarab narxlarning ko‘tarilishi yoki tushishiga soliq boshqarmasi fuqarolarning murojaatlari asosida qarshi kurash olib borishini ma’lum qildi. Rejadan tashqari tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat xarid usulidan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Markaziy bankning Toshkent bo‘yicha Bosh boshqarmasi boshlig‘i Majid Tohirov aholini naqd pul bilan ta’minlash uchun yil so‘ngiga qadar 1000 dona bankomat o‘rnatilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, hozirda tijorat banklari qurilmalarni xarid qilish haqida etkazib beruvchilar bilan muzokaralar olib bormoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda 5000−6000 dona to‘lov terminallari etishmasligi ma’lum qilindi