O‘zbekistonga xalqaro mehmonxonalar tarmoqlari brendlari (mintaqalarda o‘rta darajadagi), restoranlar, kafe va tez ovqatlanish shoxobchalarini franchayzing shartnomalari asosida taklif qilish taklifi ilgari surilmoqda. Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylashtirilgan O‘zbekiston Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta istiqbolda turizmni rivojlantirish bo‘yicha Konsepsiyasini hayotga tatbiq etish choralari to‘g‘risida»gi qarori loyihasiga taqdim etilgan harakatlar konsepsiyasida shunday choralar belgilangan, deb yozmoqda Kun nashri.
Hujjatda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda McDonalds, Burger King, Starbucks, KFC va boshqa jahonga mashhur restoranlar va qahvaxonalar tarmoqlari faoliyat yuritmaydi. Xorijlik sayyohlar esa shu kabi jihatlarga ham e’tibor qaratadi va bu aslida ular uchun qo‘shimcha qulaylik hisoblanadi.
Shunday qilib, yuqorida nomlari keltirilgan firma va kompaniyalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida savdodan tushgan mablag‘lardan franchayzing xizmatlari uchun talab etiladigan summalar konvertasiya qilib beriladi. Ekspertlarning fikricha, bu nafaqat O‘zbekistonning turizm jozibadorligini oshiradi, balki mamlakatdagi investisiyaviy muhitga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, taniqli brendlar o‘zlari bilan zamonaviy marketing mexanizmlarini olib kiradi, minglab yangi ish o‘rinlari tashkil etadi.
McDonalds, Burger King, KFC kabilar tez ovqatlanish restoranlari hisoblanadi, Starbucks jahon mamlakatlari bo‘ylab minglab qahvaxonalari bo‘lgan yirik tarmoqdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Metabolizm sekinlashganining belgilari
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi