
Boshlanayotgan yangi ish haftasida sizga omad tilagan holda 27 fevral, dushanba kuni uchun ob-havo ma’lumotlarini taqdim etamiz.
Demak, 27 fevral kuni Toshkent shahrida havo harorati ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +16... +18, kechasi esa +3.. +5 daraja iliq bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi, deb yozadi "Qalampir".
Farg‘ona, Namangan va Andijonda kun davomida havo harorat +10... +15, kechasi esa 0...+5 bo‘lishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi.
Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorat o‘zgarib turadi. Kunduzi +13... +18 daraja issiq kuzatiladi. Buxoro va Navoiyda kechasi havo harorati +2... +7 daraja iliq bo‘ladi. Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda 0... +5 daraja bo‘lishi aytilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda deyarli bir xil ob-havo kuzatiladi. Harorat kunduzi +5... +10 kechasi, 0... +5 daraja bo‘ladi.
27 fevral kuni O‘zbekiston bo‘ylab eng baland harorat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida qayd etiladi. Ikki viloyatda havo harorati kunduzi +15... +20, kechasi +5... +10 bo‘lishi kutilmoqda.
Har qanday ob-havoda ham boshlagan ishingiz baroridan kelsin. Haftani xush kayfiyat bilan boshlasangiz, albatta, omad sizga kulib boqadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar