12:11 / 28.02.2017
6 580

IIV xodimining furashkasi mashinani piyodalar yo‘lkasida qoldirishga ruxsat beradimi?

IIV xodimining furashkasi mashinani piyodalar yo‘lkasida qoldirishga ruxsat beradimi?

Mamlakatimizda har tomonlama keng islohotlar jadal ravishda olib borilmoqda. Barcha harakatlarning negizida inson manfaati va uning kamoli yotibdi. Shunga qaramay, rivojlanishimizni kafolatlab beradigan qat’iy qonun qoidaga barcha rioya etishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 128-moddasi 1-qismiga ko‘ra, haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari yoki yo‘lning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qo‘yilgan talablarga rioya etmasligi eng kam ish haqining ikkidan bir qismi miqdorida yoki 74887so‘m jarima undirilishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan yo‘l qoidasi buzilishi yuzasidan belgilanadigan jarima miqdori bo‘yicha batafsil ma’lumotlar mavjud, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Ammo, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining o‘zi bu qoidani buzsa, qanday yo‘l tutish kerak? Boz ustiga, suratdagi mashina tashkilot yoki idoraga tegishli bo‘lmay, shaxsiy mulk ekanligini avtoulov davlat raqamidan bilib olish qiyin emas.

Mazkur surat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bo‘lib, u ko‘plab internet foydalanuvchilarining muhokamalariga, e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Ko‘pchilik jamiyatda jinoyatchilik va qoidabuzarlikning oldini olish, avvalo, huquq-tartibot organlari xodimlari bu qoidalarga qanchalik amal qilishi bilan o‘lchanadi, degan fikrda.

Avtomobil qoldirilgan yo‘l piyodalar o‘tish yo‘lagi bo‘lishi bilan birga, undan favqulodda holatlarda ham foydalaniladi. Bu hududda biror favqulodda holat bo‘lsa, mashina egasini izlashgan kamida 5-10 daqiqa vaqt ketishi turgan gap. Xulosa o‘zingizdan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » IIV xodimining furashkasi mashinani piyodalar yo‘lkasida qoldirishga ruxsat beradimi?