Toshkent metropolitenida harakatlanish pensionerlar uchun soat 10:00dan soat 16:00gacha bepul bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahri hokimiyatida o‘tkazilgan brifing chog‘ida Toshkent shahri metropoliteni boshlig‘i Oybek Xudoyqulov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bu masala bo‘yicha 9 mart kuni Vazirlar Mahkamasining va Toshkent shahar hokimligining «Toshkent metropolitenida pensionerlarga bepul xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Yangilik 15 martdan joriy etiladi.
Qarorga ko‘ra, metropoliten operatoriga pensionerlik guvohnomasini ko‘rsatgan yo‘lovchilarga maxsus (bepul), rangi qizil jeton beriladi va ular alohida ajratilgan turniketdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Bu yangilik tufayli metropoliten ko‘radigan zarar davlat byudjeti hisobidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2016 yili o‘z saylovoldi uchrashuvlaridan birida pensionerlarning metropolitendan bepul foydalanishi ehtimoli haqida aytib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi