O‘zgidromet tezkor ogohlantirish berdi

O‘zgidromet navbatdagi ogohlantiruv xabarnomasi bilan chiqdi. Joriy yilning 17–18 fevral kunlari prognoz qilinayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining tebranishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Bu haqda O‘zgidromet ogohlantirish e’lon qildi.
Unga ko‘ra;
-Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlarida;
-Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;
-Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlarida;
-Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;
-Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
-Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi elon qilinadi.
Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!