Toshkentda bepul Wi-Fi’li birinchi avtobus bekati ochiladi


16 mart kuni Toshkentning Oloy bozori yonida bepul Wi-Fi signali bo‘lgan birinchi avtobus bekati ochiladi, deb yozmoqda Daryo nashri.
Hot WiFi tizimi sharofati bilan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar, email, shuningdek, SMS va bepul qo‘ng‘iroq (callback) orqali tarmoqqa kirish mumkin bo‘ladi.
Avtobus bekatlarida Toshkent aholisini bepul internet bilan ta’minlash bo‘yicha loyiha Hot WiFi Uzbekistan kompaniyasi tomonidan Bravo Pharma, Beeline, shuningdek, JCDecaux sherik kompaniyalar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…