17:15 / 16.03.2017
6 677

Giyohvand moddasini uyida saqlagan bir guruh toshkentlik qo‘lga olindi

Giyohvand moddasini uyida saqlagan bir guruh toshkentlik qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi olib borilayotgan tadbirlar doirasida o‘z xonadonida marixuana giyohvandlik moddasini saqlayotgan fuqarolar aniqlandi, deb yozadi Kun nashri.

Poytaxtning Yunusobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 1972 yilda tug‘ilgan, muqaddam narkotik moddalari noqonuniy savdosi uchun jazo o‘tab chiqqan, Mutalov Shoxrux Muxiddinovich, 1964 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan, Yuldashev Faxriddin Mamarajabovich hamda 1983 yilda tug‘ilgan, Mirzaev Abdurasul Abduxalilovichlar qo‘lga olinib, ularning yonidan va yashash xonadonidan jami
299 gramm marixuana giyohvandlik vositasi daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi, ya’ni giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotish bilan jinoyat ishi qo‘zatilib, barcha shaxslarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Giyohvand moddasini uyida saqlagan bir guruh toshkentlik qo‘lga olindi