Markaziy bank va O‘zbekiston banklar assosiasiyasi banklararo chakana to‘lov tizimida mijozlarga xizmat ko‘rsatishda «so‘m» plastik kartochkalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirishda bank va nobank kredit tashkilotlari uchun amaldagi tariflar rejasiga ayrim o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Joriy yilning 15 martidan kuchga kiradigan tarif rejasiga ko‘ra, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning to‘lov terminallari uchun to‘laydigan ijara haqi 50 foizga qisqartirilmoqda. Endilikda yuridik shaxslarga o‘zlari foydalanayotgan to‘lov terminallari uchun ijara haqi 5 evrogacha, yakka tartibdagi tadbirkorlarga esa 2,5 evrogacha etib belgilandi.
Ilgari tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari hisobvarag‘idagi qoldiq mablag‘larga hisoblanadigan foizlar Respublika Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi (9%) dan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan edi. Yangi tartibga ko‘ra, plastik kartochkadagi qoldiq mablag‘larni kapitallashtirish tijorat banklari bilan tuziladigan shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Qayd etish lozimki, tijorat banklari tomonidan plastik kartochkalardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish choralari ko‘rilmoqda. Hozirgi paytda jismoniy shaxslarga plastik kartochkalar orqali qisqa muddatli iste’mol kreditlari berishni (overdraft) yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tartib ishlab chiqilmoqda. Bu kreditlarga foiz stavkalarini har bir tijorat banki o‘zining ichki kredit siyosatidan kelib chiqib, shartnoma asosida belgilaydi.
Tijorat banklari savdo-servis tashkilotlari bilan birgalikda plastik kartochkalardan foydalanuvchilarning ularni ishlatishdan manfaatdorligini oshirishga yo‘naltirilgan turli xil bonus, diskont va rag‘batlantiruvchi dasturlarni tatbiq etish amaliyotini kengaytirish borasidagi ishlari izchil davom ettirib boriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»