Navro‘zi olam mazmuni yangi kun, yangi fasl, yangi yil yoki xalq tilida yil avvali degan ma’nolarni ifoda etadi. Aslida Navro‘z qaysi nom bilan atalmasin, u millatning ulug‘ kuni, yangilanish, poklanish, yasharish, yuksalish bayrami deb qaralgani ma’qul. U – kun bilan tun teng bo‘lgan kun. Tarixda yil taqvimi, ya’ni fasllar almashinuvini qutblar orqali bilish kishilar hayot tarzidan salmoqli o‘rin olgan. Chunki ajdodlarimiz oy, yulduz, quyosh kabi osmon jismlaridagi o‘zgarishlarni kuzatib, ular to‘g‘risida muayyan bilimlarni o‘zlashtirganlar. Keyin esa yumushlarini ana shu xisob-kitobga qarab rejalashtirgan.
Hozirda Navro‘zi olam tadbirlariga nazar solsangiz, ajdodlar ruhiga ehtiromni ko‘rasiz. Aynan shuning uchun ham Navro‘z bayrami oldidan umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi, atrof-muhitning tozaligi, ozodaligiga e’tibor qaratiladi, ajdodlar duolarda eslanib ularning ruhiga hurmat-ehtirom ko‘rsatiladi.
Navro‘z nafaqat tabiatning o‘zgarishi, yangilanishi, balki u inson ruhiyatida ham yangilash sodir bo‘lishidir. Tabiiyki, tabiatning yangilanishi inson qalbiga nur baxsh etadi. Ana shunda insonga kelajakka bo‘lgan umidi va istagi hamroh bo‘ladi. Aynan shu jihati bilan Navro‘z ayyomi tinchlik-osoyishtalik, totuvlik, do‘stlik, muhabbat tuyg‘usini baxshida etadi.
Shukrlar bo‘lsinki, O‘zbekistonimizda Navro‘z kuni umumxalq bayramlaridan biri sifatida nishonlanmoqda. Har yili shu kuni bayram sayillari tashkil qilinadi. Bayram kuni erta tongdan karnay-surnaylar chalinadi. Sayilgohlarda kurashchilar, baxshilar, chavandozlar, qo‘shiqchi-hofizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishadi. Joylarda Navro‘zga bag‘ishlab sumalak, halim va boshqa tansiq taomlar tayyorlanadi. Xayriyalar tashkil etilib, imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olinadi. “Mehribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, yolg‘iz keksalar, urush va mehnat faxriylariga sovg‘a-salomlar olib boriladi.
Bahor bayrami Navro‘zi olam haqidagi bayramona tomoshalar, tadbirlar xalqimizning qadim tarixi va ruhiyati bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada muhtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyevning 28 fevraldagi “2017 yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan bu yilgi Navro‘z bayrami Toshkent, Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlari, shahar, tuman va qishloqlarda umumxalq sayillari shaklida nishonlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»