O‘zbekiston ijtimoiy-siyosiy hayotida ayollarning roli va o‘rnini oshirish, salomatligini muhofaza qilish, ularni ish bilan ta’minlash borasida davlat tomonidan olib borilayotgan siyosatga doir axborotlar BMTda keng taqdim etildi.
Tashkilotning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Ayollar bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha komissiyaning 61-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. Mazkur tuzilma BMT iqtisodiy va ijtimoiy kengashining maxsus organi hisoblanadi hamda ayollar huquqlari bo‘yicha axlqaro me’yorlarni ilgari surish va himoya qilish, ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Ushbu sessiya doirasida ma’ruza qilgan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Shoira Nurmatova so‘nggi yillarda O‘zbekiston ayollar huquq va manfaatlarini ta’minlashda sezilarli rivojlanishga erishganini ma’lum qildi.
Xususan, mamlakatda BMT Ming yillik taraqqiyot maqsadlarining gender tengligi, ta’lim olish imkoniyati, onalar o‘limining kamayishi bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgan. Bundan tashqari, Taraqqiyot maqsadlarining boshqa talablari: kam ta’minlanganlikni qisqartirish, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida o‘lim hollarini kamaytirish hamda bezgakka qarshi kurash borasidagi natijalar yaxshilangan.
Shu bilan birga, xalqaro hamjamiyat respublikada ayollarni ish bilan ta’minlashga keng e’tibor berilayotganidan xabardor qilindi. Ta’kidlanishicha, davlatning o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha o‘tkazayotgan ishlari doirasida sezilarli natijalar ko‘zga tashlanmoqda. Har yili ayollar, ayniqsa qishloq joylardagi xotin-qizlarning ta’lim olishi va mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishga qaratilgan maxsus dasturlar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilayotgani ta’kidlandi.
Bugungi kunda ayollarning bandlik tuzilmasidagi darajasi 44 foizga chiqqan bo‘lib, xotin-qizlarning kichik biznesdagi ulushi sezilarli o‘sgani qayd etildi. Hozirda tadbirkorlik sub’ektlarining 35 foizi ayollar tomonidan tashkil etilgani ta’kidlandi. Shuningdek, ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning umumiy bandlik ko‘rsatkichida ayollar sog‘liqni saqlash va sport (82 foiz), ta’lim, madaniyat, san’at va fan (72), savdo va umumiy ovqatlanish (54) sohalarida ko‘pchilikni tashkil etadi.
Ular iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi (46), moliya va sug‘urta (41), sanoat (39), xizmat ko‘rsatish (37), transport va aloqa (11), qurilish (8) va boshqa sektorlarida ham faoliyat ko‘rsatadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»