Toshkent shahridagi chorrahalarda kameralar ishga tushirilishi munosabati bilan haydovchilar uchun alohida internet-portal tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 30 mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida ma’lum qilindi, deb yozadi Darakchi nashri.
Haydovchilar mazkur portal orqali o‘zlarining qanday qoidabuzarlikni sodir etganligini aniqlashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, portaldan haydovchilarni qiziqtirgan boshqa ma’lumotlar ham o‘rin egallaydi.
Kameralar ishga tushganidan so‘ng, aniqrog‘i 15-29 mart kunlari Toshkent shahridagi chorrahalarga o‘rnatilgan 883 ta kameralar tomonidan 45 mingta qoidabuzarlik qayd etilgan.
Ulardan, 26 mingtasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 19 mingdan ziyodi esa tezlikni belgilangan me’yoridan oshirish kabi huquqbuzarliklar tashkil etadi.
Shuningdek, YHXB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlarda 19252 ta qoidabuzarlik aniqlangan.
24 -30 martgacha 8 mingdan ziyod qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, ulardan 4 mingtasi svetoforning qizil chirog‘ida harakatlanish, 4 mingtasi esa tezlikni belgilangan me’yordan oshirish kabi qoidabuzarliklar tashkil etilgan.
Hafta davomida 15 ta YTH sodir bo‘lgan, ulardan bittasi inson o‘limi bilan yakunlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»