
1-2 aprel kunlari O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, deb yozmoqda Sputnik nashri.
Shimoliy hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Shamolning tezligi soniyasiga 17-22 metrgacha kuchayadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda havo harorati kechasi -2…+3 va kunduzi +3…+8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida harorat kechasi +5…+10 va kunduzi +10…+15 daraja iliqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kechasi +7…+12 daraja va kunduzi +13…+18 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida harorat kechasi +5…+10 daraja va kunduzi +13…+18 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda sel kelishi xavfi bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar