16:49 / 05.04.2017
10 052

Xorijdagi o‘zbek milliarderlari O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishni boshlashdi

Xorijdagi o‘zbek milliarderlari O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishni boshlashdi
Toshkent va Moskva o‘rtasida Rossiyaning UGMK-Xolding kompaniyasi bilan O‘zbekistonda Tebinbuloq temir konida vanadiy-titan magnetit ruda ishlab chiqish hamda po‘lat ishlab-chiqarish sanoatini rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolagani haqida xabar bergandik.

Asosiy aksiyadori va prezidenti o‘zbekistonlik Iskandar Mahmudov bo‘lmish rus xoldingi bu loyihaning amalga oshirish uchun 1,5 milliard dollar mablag‘ sarf etadi, deb yozmoqda "Vodiymedia" sayti.

Bu mablag‘ evaziga Tebinbuloq konida rudani qayta ishlanadi va po‘lat quyish zavodi quriladi.

UGMK — Rossiyaning tog‘-metallurgiya kompaniyasi bo‘lib, mis, sink, ko‘mir, va qimmatbaho metallarning yirik ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Xolding o‘z tarkibiga Rossiyaning 15 regioni hamda Chexiya, Serbiya, Fransiya va Buyuk Britaniyada joylashgan 40 dan oshiq zavod va kombinatlarni birlashtirgan. Unda 80 mingdan oshiq xodim ishlaydi. Kompaniya prezidenti Iskandar Mahmudov (50,0004%), bosh direktor Andrey Kozisin (34,9996%), tijoriy ishlar direktori Igor Kudryashkin (7,5%), «UGMK savdo uyi» bosh direktori Eduard Chuxlebov (7,5%)lar uning xo‘jayilari hisoblanishadi.

Qora metallurgiya kompaniya uchun yangi soha bo‘lib, aynan O‘zbekistonga kiritilgan yirik investisiya tufayli bu yo‘nalishda ulkan ishlarni amalga oshirishni maqsad qilgan.

Iskandar Mahmudov 1963 yilda Buxoroda tavallud topgan bo‘lib, 1984 yilda Toshkent Davlat universining sharqshunoslik faulteti arab bo‘limini tamomlagan. 1984-1988 yillarda Liviya va Iroqda sovet harbiy maslahatchilariga tarjimonlik qilgan. 1988-1990 yillarda Paxta savdosi shug‘ullanuvchi “O‘zbekintorg” Davlat aksiyadorlik kompaniyasida o‘rta bo‘g‘in rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1991 yildan e’tiboran tog‘-kon, metallurgiya sanoati faoliyati bilan shug‘ullanib, yirik ishlab chiqarish zavodlarining xo‘jayiniga aylangan. 2016 yil yakunlari bo‘yicha 4 milliard dollar mablag‘i bilan Rossiya boylari ro‘yxatida 21-o‘rinni egallab turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorijdagi o‘zbek milliarderlari O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shishni boshlashdi