Azim Ahmadxo‘jaev Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi

Azim Ahmadxo‘jaev Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z farmoni bilan Azim Ahmadxo‘jaevni Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi etib tayinladi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga asoslanib "Daryo.uz" xabar bermoqda.

Prezidentning joriy yil 31 martdagi farmoni bilan tashkil etilgan Investisiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi yagona investitsion siyosatini shakllantirish va amalga oshirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga javobgar hisoblanadi.

Azim Ahmadxo‘jaev 1979 yilda tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. O‘tgan yil may oyidan boshlab «Asaka» bankini boshqarib kelayotgandi.

Bunga qadar O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari, so‘ng raisning birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar