6 aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlari kengashi (TIVK)ning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun MDH davlatlari delegasiyalari Toshkentga etib keldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmatiga asoslanib "Sof.uz" nashri.
Xabar berishlaricha, Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdrahmanov, Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Erlan Abdildaev, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirodjidin Aslov, Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xalaf Xalafov, Moldova tashqi ishlar va Evropa bilan integrasiya vaziri o‘rinbosari Lilian Dariy, Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Vepa Xadjiev va MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegasiyalar Toshkentga etib kelgan.
7 aprel kuni ochiladigan MDH TIVK yig‘ilishida ishtirokchi davlatlarning mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek barqaror rivojlanishni ta’minlashda ko‘p tomonlama hamkorligiga oid 15 ta masala muhokama qilinishi rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»