
Kecha xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 aprel kuni Toshkentda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar ijrosi, maktablar faoliyati bilan tanishish maqsadida Toshkent shahar Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
Prezident bugungi tashrifi davomida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan loyihalar taqdimoti, maktablar va mahallalar hayoti, turmush tarzi bilan tanishadi.
12 aprel kuni Shavkat Mirziyoyevning Chilonzor tumaniga tashrifidan so‘ng tuman hokimi, prokurori, DSI va IIB boshliqlari ishdan olingani haqida xabar bergan edik. Olmazor tumani mutasaddilari tarkibidagi o‘zgarishlardan ham xabardor qilamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar