
Bugun Olmazor tumanida bo‘lgan Shavkat Mirziyoyev Talabalar shaharchasi hududida quriladigan Axborot-resurs markazi loyihasi bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, Talabalar shaharchasida qurilishi rejalashtirilayotgan Axborot-resurs markazi zamonaviy talablarga javob beradi. Markaz elektron-resurslar, davriy adabiyotlar, mutolaa, multimedia va konferensiya zallarini o‘z ichiga oladi. Bu Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Abdulla Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti, o‘rta-maxsus ta’lim maskanlari o‘quvchi va talabalari, professor-o‘qituvchilariga katta qulaylik yaratadi.
Prezident markaz loyihasi va konsepsiyasini takomillashtirish, uning qamrovini kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Majmuani O‘zbekiston talabalarining Milliy ilmiy-ma’rifiy markazi tarzida tashkil etish, dunyo universitetlari bilan hamkorlik o‘rnatish, xalqaro talablar darajasidagi kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilarning ilmiy anjumanlarini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar