
21 aprel kuni Toshkent shahar Olmazor tumani hokimi Bahodir G‘oibnazarov ishdan olingan. Bu haqda «Kun.uz» manbalari xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, hokimdan tashqari tuman prokurori, soliq idorasi boshlig‘i va ichki ishlar bo‘limi rahbari ham ishdan olingan. Hozircha ularning o‘rniga tayinlangan yangi xodimlar borasida ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 21 aprel kuni Olmazor tumaniga tashrif buyurgandi.
Eslatib o‘tamiz, bungacha, hafta boshida Toshkent shahrining 6 ta tumanida (poytaxtda jami 11 ta tuman mavjud) — Yunusobod, Chilonzor, Mirobod, Yashnobod, Uchtepa va Sergeli tumanlarida ham rahbar to‘rtlik o‘zgartirilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar