Surxondaryoliklar 187 ta qurol va to‘pponchani o‘z xohishi bilan milisiyaga topshirdi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Arsenal” tezkor tadbiri davomida 315 nafar milisiya xodimi noqonuniy qurol saqlash holatlarini o‘rgandi, deya yozadi “Dia.uz” sayti.
O‘tkazilgan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida viloyat bo‘yicha aholi o‘z ixtiyori bilan 187 ta o‘qotar qurol va to‘pponcha, 209 dona turli o‘q-dori va 1 dona “RGD-5” jangovar granatasini milisiyaga topshirgan.
Qayd etilishicha, qurol-aslahani o‘z ixtiyori bilan topshirgan fuqarolarga qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, fuqarolarda qurolni milisiyaga ixtiyoriy topshirsak, jinoiy javobgarlikka tortilamiz, degan xato qarash shakllangan va shu bois odamlar noqonuniy bo‘lsa-da, qurol saqlab keladi. Holbuki, qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirganlar jazoga tortilmaydi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!O‘tkazilgan keng qamrovli targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida viloyat bo‘yicha aholi o‘z ixtiyori bilan 187 ta o‘qotar qurol va to‘pponcha, 209 dona turli o‘q-dori va 1 dona “RGD-5” jangovar granatasini milisiyaga topshirgan.
Qayd etilishicha, qurol-aslahani o‘z ixtiyori bilan topshirgan fuqarolarga qimmatbaho sovg‘alar topshirilgan.
Maqolada ta’kidlanishicha, fuqarolarda qurolni milisiyaga ixtiyoriy topshirsak, jinoiy javobgarlikka tortilamiz, degan xato qarash shakllangan va shu bois odamlar noqonuniy bo‘lsa-da, qurol saqlab keladi. Holbuki, qurolini o‘z ixtiyori bilan topshirganlar jazoga tortilmaydi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…