08:45 / 23.04.2017
6 973

Xorazmda tuman hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun qamaldi

Xorazmda tuman hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun qamaldi
Honqa tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Shomurot Quryozov hamda er resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Yoqubov uy-joy qurish uchun er uchastkalarini ajratishda o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanish maqsadida reja tuzishgan.

Ular xususan, tanlangan uchastkadagi uy qurish uchun ajratilgan joyni boshqa qulayroq, magistral yo‘li yaqiniga ko‘chirishda pul ishlab olishni ko‘zlashgan. Biroq qonunchilikka ko‘ra, er hosildorligi 55 balldan yuqori bo‘lganligi bois yangi joyda qurilish qilish taqiqlangan bo‘lgan.

"Mansabdorlar oddiy yo‘lni o‘ylab topishadi — ular ushbu er uchastkasida uy-joy qurishni rejalashtirgan fuqarolardan pul olishni hamda bu pulni erlarning hosildorlik darajasini pasaytirib ko‘rsatish uchun tegishli amaldorlarga pora sifatida berishni maqsad qilishadi", — deyiladi sud xabarida.

Natijada kerakli pul olingach, hokim o‘rinbosari O‘zbekiston davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi xodimi Gamzad Ro‘zievga 4 ming dollar, Yoqubov esa O‘zbekiston qishloq xo‘jalik ilmiy-ishlab chiqarish markazi kichik ilmiy xodimi Aliyor Qoraevga 8 ming dollar pulni pora sifatida beradi.

Shundan so‘ng yuqorida ko‘rsatilgan mansabdorlar magistral yo‘l chetidan tanlangan er uchastkalarining mahsuldorlik darajasini rasmiy hujjatlarda noqonuniy ravishda pasaytirib ko‘rsatadilar.

Sud Shomurot Quryozovni 8, Umidjon Yoqubovni 6 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiariq tuman sudi tomonidan Aliyor Qoraev 3 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi haqida, Gamzad Ro‘ziev esa 7,8 million so‘m jarima to‘lashga hukm qilindi. Shu bilan birga barcha sudlanuvchilar 2,6 yildan 3 yilgacha muddat davomida rahbarlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Xorazmda tuman hokimi o‘rinbosari pora olgani uchun qamaldi