Eski ko‘p kvartirali uylarda xona rejasini o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi

Prezident farmoniga ko‘ra, foydalanish muddati 50 yildan oshgan ko‘p kvartirali uylarda qayta rejalashtirish ishlarini amalga oshirish taqiqlandi.
Bunday binolarda faqat uyni mustahkamlash bilan bog‘liq ishlarga ruxsat beriladi. Bu qaror eski uylarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan.
Shuningdek, kafolat muddati davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etmagan quruvchilarning reyting ballari pasaytiriladi.
Yangi qurilayotgan binolarda esa konstruksiya va xavfsizlikka ta’sir qilmaydigan ayrim o‘zgarishlar uchun qayta kelishish talabi bekor qilindi.





























Izohlar 0
…