O‘zbekistonda bu hafta qanday ob-havo kutiladi?

O‘zbekistonda joriy hafta davomida havo harorati asosan 32-37 daraja atrofida bo‘lishi, janubiy hududlarda esa 39 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lumotlariga tayanilgan holda prognoz berildi.
10–12 iyun kunlari respublika hududining katta qismida asosan ochiq va kam bulutli ob-havo saqlanib qoladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
Shamol tezligi 7–12 m/s atrofida bo‘lib, ba’zan 13–18 m/s gacha kuchayishi va chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda 12 iyungacha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq kuzatiladi. Shuningdek, sel va suv toshqini kabi xavfli holatlar yuzaga kelishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Toshkent shahrida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 35–37 daraja atrofida bo‘ladi. 10–12 iyun kunlari esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat kechasi 21–23 daraja, kunduz kunlari 33–35 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, yoz mavsumi davomida mamlakatda ekstremal qiymatlarga yaqin bo‘lgan juda issiq kunlar kuzatilishi mumkin. Ayrim davrlarda havo harorati 42–44 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarda esa 45–47 darajagacha ko‘tarilishi ehtimoldan xoli emas.





























Izohlar 0
…