Toshkent haydovchilari diqqatiga: ayrim ko‘chalar uch kunga yopiladi

16 iyun kuni Toshkent shahri V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan 16–18 iyun kunlari xavfsizlik choralari doirasida poytaxtning ayrim ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanadi.
IIV ma’lumotiga ko‘ra, Islom Karimov ko‘chasining Sharof Rashidov va Furqat ko‘chalari oralig‘ida, shuningdek Yangi O‘zbekiston va Istiqlol ko‘chalari atrofida harakat vaqti-vaqti bilan to‘xtatiladi.
Islom sivilizatsiyasi markazi atrofidagi ayrim yo‘llarda ham cheklovlar joriy etiladi. Xususan, Sharof Rashidov va Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy hamda Nurafshon ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan yo‘nalishlar qamrab olinadi.
Haydovchilar uchun muqobil aylanma yo‘llar tashkil etiladi. Tezkor xizmatlar transporti esa cheklovlardan mustasno bo‘ladi.
Shuningdek, forum kunlari yuk avtomobillarining Toshkent shahriga kirishi vaqtincha taqiqlanadi. Ular Toshkent viloyatining aylanma yo‘llari orqali harakatlantiriladi.






























Izohlar 0
…