O‘zbekistonliklar Coca-Cola'ni rekord darajada ichmoqda

O‘zbekiston Coca-Cola uchun dunyodagi eng tez o‘sayotgan bozorlardan biriga aylanmoqda.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili mamlakatda savdo hajmi 33,7 foizga oshgan bo‘lsa, joriy yilning dastlabki uch oyida o‘sish 40 foizga yetgan. Hozirda O‘zbekistonda bir yilda 1,25 milliard litr Coca-Cola mahsulotlari sotilmoqda.
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat ilk bor Qozog‘istonni ortda qoldirdi. Savdolarning keskin oshishi kompaniya daromadlariga ham ta’sir qilgan.
2025 yil yakunida Coca-Cola'ning O‘zbekistondagi asosiy korxonasi tushumi 40 foizga o‘sib, 7,6 trillion so‘mga yetgan. Mutaxassislar bunga aholi daromadlarining oshishi, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasining jadal rivojlanayotgani sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda.
Coca-Cola esa deyarli har bir do‘kon va restoranda mavjud bo‘lgani uchun bu o‘sishdan eng ko‘p foyda ko‘rayotgan kompaniyalardan biri bo‘lib turibdi.





























Izohlar 0
…