Voyaga yetmaganlarni narkojinoyatga jalb qilganlar jazolanadi

Voyaga yetmaganlarni narkojinoyatga jalb qilganlar jazolanadi

Shavkat Mirziyoyev giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash, bunday jinoyatlar uchun jazo choralarini kuchaytirish hamda voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Voyaga yetmaganlarni narkojinoyatga jalb qilgan shaxslar 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Saida Mirziyoyeva ushbu masalani shaxsan nazoratga olganini ma’lum qildi.

«Bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq», — dedi Prezident administratsiyasi rahbari.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar