O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo soviydi

O‘zbekistonda ushbu hafta davomida beqaror ob-havo kuzatilishi, harorat pasayishi va ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, 15 iyun kuni kunduz payti Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyatida, kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida hamda kechga yaqin Farg‘ona vodiysi hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16—17 iyun kunlarida O‘zbekiston bo‘yicha noustuvor ob-havo saqlanib qoladi. Ko‘pchilik viloyatlarda ayrim joylarda momaqaldiroq bilan birga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 18—19 iyun kunlarida esa faqat markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi, qolgan hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
Dushanba va seshanba kunlari kunduzgi harorat 35–38 daraja, cho‘l hududlarda 39–41 daraja, eng janubiy chekka hududlarda esa 41–43 daraja atrofida bo‘ladi. Chorshanba—juma kunlarida havo harorati 3–4 darajaga pasayadi.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zan 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang bo‘ronlari bilan kuzatiladi. 15—17 iyun kunlarida shimoliy va cho‘l hududlarda ba’zida shamol tezligi 20–22 m/s gacha yetishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqt-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Ayrim joylarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi ehtimoli mavjud.
Toshkent shahrida 15—16 iyun kunlari kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kunduzi 36–38 daraja atrofida bo‘ladi. 17—19 iyun kunlarida kunning ikkinchi yarmida ham momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘irlar kuzatilishi kutilmoqda. Harorat asosan 31–34 daraja atrofida bo‘ladi.





























Izohlar 0
…