09:05 / 07.05.2017
10 575

Oliy tibbiy ta’lim muassalari 6 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

Oliy tibbiy ta’lim muassalari 6 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorni imzoladi, deb Kun.uz saytida xabar berildi.

Mazkur hujjat qabul qilinishidan maqsad - tibbiy ta’lim sifatini oshirish, oliy va o‘rta maxsus professional tibbiy ta’lim tizimini eng yaxshi xalqaro tajribalar darajasida bosqichma-bosqich shakllantirish, tibbiy yordam sifatini oshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi:

- tibbiy ta’lim muassasalari, shuningdek OTMdan keyingi ta’lim tizimi, mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning uslubiy boshqaruvi orqali tibbiy kadrlarni tayyorlash sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;

- oliy va o‘rta maxsus professional tibbiy ta’lim, malaka oshirish uchun davlat ta’lim standartlari va talablarini ishlab chiqish va ularning ijrosini ta’minlash;

- sog‘liqni saqlash mutaxassislarini qayta tayyorlash, shuningdek oliy toifali ilmiy-pedagogik tibbiy kadrlarni tayyorlash;

- o‘qish davrida profil va ixtisoslashgan predmetlar, klinik ta’lim tajribasi bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini kengaytirish hisobiga tibbiy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi o‘quvchi va talabalarning nazariy hamda amaliy tayyorgarligini yaxshilashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish;

- tibbiyotni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarini o‘tkazish uchun professor-pedagoglar tarkibi, bakalavr va magistratura talabalari hamda klinik ordinatorlarni keng jalb qilish;

Qaror quyidagilarni ko‘zda tutadi:

- tor mutaxassisliklar bo‘yicha oliy toifali tibbiy kadrlarni tayyorlashni keng yo‘lga qo‘yish tizimi: magistratura ta’limi - 2-3 yil;

- klinik ordinatura mutaxassisliklari bo‘yicha malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimi - 2 yil;

- bakalavr bosqichida ta’limning klinikagacha va klinik bloklar bo‘yicha o‘quv soatlari ulushini 85 foizga oshirish, shu jumladan klinik ta’lim tajribasi uchun gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy bloklar bo‘yicha o‘quv soatlarini ta’lim davrining umumiy hajmidan 7 foizgacha qisqartirish.

2017-2018 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus professional tibbiy ta’limning yo‘nalishlari belgilab berildi - "hamshiralik ishi", "stomatologiya ishi", "tibbiy profilaktika", "labaratoriya diagnostikasi" va "farmasiya".

Hozirda bakalavrning "davolash ishi", "professional ta’lim" (davolash ishi), "harbiy-tibbiy ta’lim" (davolash ishi), "pediatriya ishi" yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan 2-5 kurs talabalari uchun ta’lim 6 yillik asosiy tibbiy ta’limni ta’minlovchi moslashtirilgan o‘quv rejalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Shuningdek tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarga bu borada bir qator vazifalar yuklatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oliy tibbiy ta’lim muassalari 6 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi